Опубликовано: 49 лет назад

Скачать видео mp4 360p

Описание


Mayus ko'zlarida bir ishonchi bor,
Hanuz kutmoqda dilbandin yo'lini.
Farzandi safarda yurgan onai-zor
Diydor umidi ovutadi dilini.
Qalbdan chiqar faqat birgina nido:
Omonmisan, jon bolam, bir-donaginam?..
Bolamni panohinga olgin ey Hudo.
Duo qilar ona, hatto tushda ham.
Mol-u dunyo dardida ketdingku uchib
Havas qilganing bolam o`zga yurtmidi?
Qoldim sensizlikda men zarda ichib
Onangni tashvishlarga qo'yish shartmidi?
Bolam, puling kerakmas, borliging davlat
Har bir onimda menga yorliging davlat
Bag'rimga qaytib kelgin, iltimos qo`zim
Ko'zlarim shod etib, to'kib yur savlat
Sog'indim, bolam, ko'zlaringni
Sog'indim, bolam, so'zlaringni
Sog'indim, bolam, bo'ylaringni
Sen ham meni sog'indingmi?..
To'yinga deb pul yig'ib yuribman bolam
Ortgani ro'zg'orimga yetib turibdi
Seni yaxshi ko'rarkan qo'shni qiz - Sanam,
Hech kimga bildirmay, yig'lab yuribdi
Tugamas onangning aslo toqati,
Qancha qishlar o'tib, bahorlar qaytdi
Kamayib bormoqda diydor fursati
Buni menga oppoq sochlarim aytdi
Qo'shnimiz qazo qildi ikki kun avval
Janozada bo'lmagan hech kim qolmadi
Faqat safarda yurgan o'rtog'ing Sarvar
Onasin so'ngi yo'lga kuzatolmadi
Shunday achinarli ekan bu holat
Sen yo'q, umrim tugab, anglab yetyapman
Fursatni boy bermay, tez yonimga qayt
Sog'indim, bolam, ko'zlaringni
Sog'indim, bolam, so'zlaringni
Sog'indim, bolam, bo'ylaringni
Sen ham meni sog'indingmi?..
©NEVO 2019
Все права защищены.
Подпишись на канал
NEVO @ Одноклассники
NEVO @ Instagram
NEVO @ Вконтакте
NEVO @ Facebook
NEVO @ Telegram


Теги

Mashxurbek
Yuldashev
nolasi
Машхурбек
Юлдашев
ноласи
music
version